Nemis futbol ligasi prezidenti JCHning qishda o'tkazilishiga qarshi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2014, 16:17
Nemis futbol ligasi prezidenti Raynxard Raubal 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan JCH uchrashuvlarini qishda o'tkazilishga qarshi ekanini bildirdi.
"FIFA JCHni Qatarga berganda hamma hayron bo'lgandi. Chunki bunday issiq iqlimga ega mamlakatda yozda mundial o'yinlarini o'tkazishni tasavvur qilish ham mushkul. Turnirni qishda o'tkazish uchun esa ko'plab rejalarni o'zgartirishga to'g'ri keladi. Biz ham bundesliga uchrashuvlari o'tkazilish vaqtini o'zgartira olmaymiz.

Tushunaman, futbolchilarning sog'lig'i haqida qayg'uradigan bo'lsak, JCHni qishda o'tkazishdan boshqa iloj yo'q. Ammo iqtisodiy tomonini olib qaraydigan bo'lsak, bunday qilish ko'plab muammolarni keltirib chiqaradi", - dedi NFL prezidenti Raubal. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport1.de