Neymar: "Atletik"ka ko'proq gol urishim mumkin edi"

Aslanov Jasurbek
9 fev 2015, 10:24
"Barselona" hujumchisi Neymar "Atletik"ka qarshi kechgan (5:2) Ispaniya chempionatining 22-tur uchrashuviga ixoh berdi.

"Bugun yaxshi harakat qildik. Kuchli jamoani mag'lub etdik. "Barselona" o'z futbolini ko'rsatgani uchun g'olib bo'ldi deb o'ylayman.

Suares bugun gol urishga munosib edi. Menga keladigan bo'lsak, kamina bugun ko'proq gol urishi mumkin edi, ammo o'z imkoniyatlarimdan foydalana olmadim. Yetakchilarga yaqinlashib olganimizdan mamnunman" - deydi braziliyalik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com