"Neftchi"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 9ta o'yinga etdi

Narzulla Saydullayev
9 may 2015, 20:02
Farg'onaning "Neftchi" klubi oliy liganing 8-turida "Dinamo" ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, jamoa o'zining mag'lubiyatsiz seriyasini 9ta o'yinga etkazib oldi.

Farg'onaliklar o'tgan mavsumning oxirgi o'yinida "Andijon"ni mag'lub etishgandi. Bu mavsumdagi 8ta uchrashuvda "Neftchi" 6ta g'alaba va 2ta durang qayd etdi.

Ma'lumot uchun, "Neftchi" keyingi turni safarda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia