"Neftchi"ga "Dinamo Kiev"da o'ynagan futbolchi keldi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2018, 12:19
Sergey Kovshov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi yangi mavsum oldidan o'z tarkibini kuchaytirishga jiddiy e'tibor bermoqda.

"Hokim Kubogi-2018"da jamoa safiga kelib qo'shilgan Vitaliy Mirnyydan so'ng yana bir ukrainalik legioner farg'onaliklar safiga kelib qo'shildi.

27 yoshli Sergey Anatolevich Shevchuk hujum chizig'ida harakat qiladi. Futbolchi "Neftchi" safiga "Hokim Kubogi" turniri yakunlangandan so'ng kelib qo'shildi va bugun ertalab "Neftchi" tarkibida Toshkent yig'iniga yo'l oldi. Ukrainalik hujumchi poytaxtdagi nazorat bahslarida maydonga tushishi kutilmoqda. Agar mazkur futbolchi murabbiylar shtabiga maqul kelsa u bilan shartnoma imzolanadi.

Shuningdek, "Neftchi" PFK rahbariyati Yaponiya va Ukraina davlatlaridagi bir qator futbolchilar bilan faol muzokalarni olib bormoqda. Toshkent yig'ini chog'ida jamoa tarkibiga yana 2 nafar legioner futbolchi qo'shiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz