“Neftchi” yig'iniga Qozog'iston TJ a'zosi qo'shildi

Eldor Akmurzayev
8 yanv 2023, 10:00
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Neftchi"ning Turkiyadagi yig'iniga qozog'istonlik Roman Murtazaev kelib qo'shildi. 

Futbolchi 1993 yilda tug'ilgan bo'lib, ampulasi hujumchi hisoblanadi.  U 2011 yildan buyon Qozog'istonning turli yoshdagi terma jamoalari tarkibiga muntazam ravishda chaqirilib kelmoqda. Futbolchining so'nggi klubi Qozog'iston Premer ligasi vakili Qaragandaning "Shaxtyor" klubi bo'lgan. 

Klub xabariga ko'ra, Murtazaevning harakatlari murabbiylarga maqul bo'lsa, uni jamoada qolish ehtimoli mavjud.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Нефтчи" ФК матбуот хизмати