"Neftchi" Turkiyada Polsha va Vengriya klublariga qarshi o'ynaydi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2023, 20:10
Xabaringiz bor, "Neftchi" klubi futbolchilari 6-20 yanvar kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi.

Futbolchilar bugun Toshkent-Istanbul-Antaliya reysi orqali ko'zlangan joyga yetib borishdi va "Royal Signus Kundu" mehmonxonasiga joylashdi.

Ushbu yig'inlar doirasida jamoa 2 o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi aniq bo'lib ulgurgan.

Farg'onaliklar 15 yanvar kuni Vengriyaning "Debrecen" jamoasiga qarshi bahs olib borsa, 19 yanvar kuni Polshaning "Rodomiyak Rodon"iga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia