

Sizga shuni ma'lum qilamizki, “Neftchi” vakili Sherzod Hakimov ayni paytda jamoaning Toshkentdagi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Sherzod “Neftchi”ni tark etgani yo'q va bu yilgi mavsumda ham klub sharafini himoya qilishda davom etadi.
Eslatib o'tamiz, iqtidorli yarim himoyachi Oliy liga-2015da 26 o'yinda Farg'ona jamoasi sharafini himoya qilgan holda 8 ta marta raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati.



