

Musobaqaning oxirgi o'yinida Xo'jand (Tojikiston) bilan bellashgan farg'onaliklar 3:0 hisobida g'alabaga erishdilar. Gollarga Xurshid Asqaraliev, Jamshid Qobulov hamda Anvar Berdievlar mualliflik qilishdi. O'yinda Neftchi murabbiylari ko'proq yoshlarga e'tibor qaratgan holda aralash tarkibni sinovdan o'tkazdilar.
Safardan so'ng jamoaga bir kunlik dam berildi. Shundan so'ng Qirgulida Qizilqumga qarshi bahsga tayyorgarlik davom ettiriladi



