"Neftchi" - "Paxtakor". Jamoalar qanday rangli formada o'ynashlari ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2018, 17:09
"Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldidan qisqa yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda ikkala jamoa vakillari, uchrashuv nazoratchisi va komissari ishtirok etishdi. Unda bugungi bahsga oid tashkiliy masalalar bo'yicha so'z ketdi. Shuningdek bugun "Neftchi" havorang formada, "Paxtakor" sariq rangli formada maydonga tushadigan bo'lishdi. 

O'yin soat 19:03da "Istiqlol" stadionida boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Нефтчи” матбуот хизмати