So'nggi daqiqalarda kiritilgan gol Neftchiga navbatdagi g'alabani taqdim etdi

Khoja
15 mar 2024
Soat 18:30 da Superliganing 3-turidan o'rin olgan Neftchi - Metallurg uchrashuvi yakunlandi.

"Neftchi" - "Metallurg" 1:0

Gol: 88 - Katalin Karp (Boyan Ciger)

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Qanot hakamlari: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin

Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov

VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR hakami: Anvar Marajabov

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Boyan Ciger, 20.Anvar G'ofurov, 7.Jasur Jaloliddinov ( 23.Diyor Turopov,59), 8.Katalin Karp,  11.Javohir Qahramonov (24.G'ulomxaydar Gulyamov, 90), 19.Mirzohid G'ofurov (55.Manuchehr Safarov, 71) (s) , 70.Abbos G'ulomov , 77.Bilolxon Toshmirzaev (18.Mixay Roman, 46), 99.Effiong Nsungusi (9.Xusayn Norchaev, 71)

Zahira: 1.Botirali Ergashev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 21.Muxsin Ubaydullaev, 10.Shoxruz Norxonov, . 

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov (s),  24.Davron Ergashev, 15.Abbos Otaxonov,  33.Ivan Yosovich, 14.Abror Toshqo'ziev,  22.Shahzodbek G'ofurbekov, 6.Xudoyshukur Sattorov ( 11.Daler Sharipov,90),  7.Sardor Abduraimov (31.Marko Milichkovich, 79), 8.Iskandar Shayqulov (4.Kerim Palich, 72),  97.Boban Jorjevich, 10.Shahzodbek Ubaydullaev.

Zahira: 35.Rahimjon Davronov, 19.Ergash Ismoilov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 21.Hazrat Tursunqulov, 27. Behruz Abdullaev, 88.Sirojiddin Qo'ziev.

Ogohlantirish: 8 - Katalin Karp, 56 - Mixay Roman, 86 - Davron Ergashev


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

90+5. Ogohlantirish: Turopov ogohlantirildi

90+4. O'zgarish: Qahramonovning o'rniga G'ulomov maydonga tushdi

90+3. G'ofurbekovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

90+1. O'zgarish: Sattorovning o'rniga Sharipov tushdi

Hakam ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

88. GOOOL. Karp uzoqdan darvozani aniq nishonga oldi va hisobni ochdi

86. Ogohlantirish: Ergashev hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi

85. Romanning zarbasini darvozabon ushlab oldi

85. Bir daqiqada ikkita ajoyib imkoniyat. Yana Ubaydullaev! Biroq hujumchining zarbasiga aniqlik yetishmadi

84. Mehmonlar tezkor qarshi hujumga o'tdi. Ubaydullaevning zarbasini himoyachi so'nggi soniyalarda burchakka chiqarib yubordi

80. Qahramonovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

79. O'zgarish: Marko Milichkovich Abduraimovni alishtirdi

75. Hozirgina maydonga tushgan Mixay Romaning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi

72. O'zgarish: Palich Shoyqulovning o'rniga maydonga tushdi

71. O'zgarish: Effiong Nsungusi va Mirzohid G'ofurov o'rniga Xusayn Norchaev hamda Manuchehr Safarov maydonga tushirildi

66. Ubaydullaevning zarbasini himoyachi qaytarmoqda

65. Toshqo'zievning zarbasini darvozabon qaytarmoqda

64. Ogohlantirish: Shoyqulov hakam tomonidan ogohlantirildi

59. O'zgarish: Turopov Jaloliddinovni alishtirdi

56. Ogohlantirish: Mixay Roman xavfli o'yini uchun ogohlantirildi

55. Mezbonlar ikkinchi bo'limda ancha shiddatli harakat qilishmoqda. Muxlislar Neftchidan gol talab qilishmoqda

47. Sattorovning zarbasidan so'ng to'p burchakka chiqib ketdi, mehmonlar burchak zarbasiga ega bo'ldi

46. O'zgarish: Toshmirzaevning o'rniga Mixay Roman tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi

43. Abror To'shqo'zievning zarbasiga aniqlik yetishmadi

38. O'yin qizishni boshladi. Bu safar mezbonlarda ajoyib imkoniyat. Jaloliddinovning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

36. Iskandar Shayqulovning kuchli va aniq zarbasini Quvvatov qiyinchilik bilan qaytardi

35. Mirzoxid G'ofurov ajoyib vaziyatga chiqib bordi va zarba yo'lladi, darvozabondan seyv. Agar gol bo'lgan taqdirda ham G'ofurovning goli hisobga olinmasdi, sababi yon hakam bayrog'ini ko'targandi

30. Uchrashuvning uchdan bir qismi yakunlandi. Hozircha uchrashuv juda sekin o'tmoqda. Neftchi jamoasi bugun mavsumdagi ilk bahsida juda passiv harakat qilmoqda

19. Jasur Jaloliddinovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi. Bu uchrashuvdagi ilk aniq zarba bo'ldi

17. Bugun bekobodliklarning bir nechta futbolchisi jarohat olmoqda, shifokorlar ularga yordam berishmoqda

8. Ogohlantirish: Katalin Karp maydonda juda qo'pol harakat qildi va hakam tomonidan ogohlantirildi

5. Uchrashuvda hozircha har ikki jamoa bir birini o'rganmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI!


KhojaMuallif
Manba: championat.asia