“Neftchi” klubi madhiyasi tayyorlandi VIDEO

Narzulla Saydullayev
24 fev 2018, 17:08
Farg'onaning “Neftchi” klubi yangi mavsum oldidan bir qator ijobiy ishlarni olib bormoqda.

Klub matbuot xizmati, “Jonkuyar muxlislar” fan-klubi hamda “Ruxsor” FM radiosi xamkorligida “Neftchi” jamoasining madhiyasi yaratildi. Endilikda mazkur madhiya o'yinlar chog'ida muxlislar tomonidan ijro etiladi. “Ruxsor” radiosi ijodkorlari Navruzbek Magripov hamda Begzod G'ofurovlar mazkur madhiyani ijro etishdi. Klub rasmiy madhiyasi jamoa rahbariyati tomonidan ham maqullandi.

Ma'lumot o'rnida, madhiyaning matni “Neftchi” klubining ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz