1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Toshkentda to'rt kun davomida mashg'ulot o'tkazadi va 6 iyul kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahriga uchib ketadi.
E'tiborlisi ushbu yig'inga "Neftchi" himoyachisi Doston Tursunov ham taklif etilgan. Aytish kerakki, futbolchimiz U-19 yoshlar terma jamoamizning avvalgi yig'inlarida ham ishtirok etgan.
O'FF rasmiy saytida xabar berilishicha, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlari 8 va 11 iyul kunlari Budapeshtda Vengriya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Ikkala o'yin ham Budapeshtdagi Global Sport majmuasida bo'lib o'tadi.