

Rejaga ko'ra, futbolchilar 2016 yilning 4 yanvar kuni Qirgulidagi bazada yana yig'ilishadi. Ushbu yig'in 12 yanvar kuni yakuniga yetib, futbolchilarga 2 kunlik dam beriladi. Qisqa tatildan so'ng, “Neftchi” futbolchilari 15 yanvarda Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tib, poytaxtdagi yig'in boshlanadi. Fyodorov shogirdlari poytaxtdagi yig'inda 4ta nazorat o'yinida ishtirok etishlari kutilmoqda.
Hojiakbar Jabborov. “Ruxsor” TRK



