"Neftchi": 4 mingga yaqin yillik abonement sotib bo'lindi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2025
"Neftchi" matbuot xizmati klub yangi mavsum uchun qancha abonement sotganini e'lon qildi.

"Neftchi" PFK futbol muxlislarini stadionga keng jalb qilish maqsadida zamonaviy chipta tizimi, shu jumladan, abonement sotuvini joriy qilganligi va ushbu abonementlar sotuvi boshlanganligi xaqida ma'lumot bergan edi. Jamoamizning Superliga va O'zbekiston kubogi uchrashuvlari uchun mavsumiy abonementlar jami 7445 dona chiqarilgan bo'lib, hozirgi kunda ularning 3970 tasi sotilganligini e'lon qilamiz" - deyiladi "Neftchi" Telegram kanalida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcneftchi.uz