"Neftchi": 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolandi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2016, 16:03
Kuni kecha “Neftchi” PFK klubi yana bir iqtidorli yosh futbolchi bilan rasman shartnoma imzoladi.

Yozyovon futboli tarbiyalanuvchisi, “Paxtakor” futbol klubi sobiq a'zosi Abdujamol Isroilov jamoamiz bilan 2017 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan shartnomaga kelishdi va yangi bitimga ko'ra keyinchalik shartnoma yana 3 yilga uzaytirilishi mumkin. Yosh futbolchi ikkinchi davradan “Neftchi” sharafini himoya qilishni boshlaydi.

Biz Abdujamolni farg'onaliklar safidagi faoliyatida omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz