

Kecha Toshkentning "Bunyodkor" va Olmaliqning OKMK jamoalari nazorat bahsida o'zaro to'qnash keldi. Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy o'tgan bellashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Nosir Abdusalomov "Bunyodkor" safida raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, OKMK tarkibida Ali Abdurahmonov to'p kiritdi
Nazorat o'yini.
"Bunyodkor" - OKMK 1:1
Gollar: Nosir Abdusalomov, Ali Abdurahmonov
Ma'lumot uchun, Ilyos Zeytullaev shogirdlari Superligadagi navbatdagi uchrashuvini 18 oktyabr kuni Namanganda "Navbahor"ga qarshi o'tkazsa, OKMK 19 oktyabr kuni Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ladi.



