Navoiyda selekciya ishlari davom etmoqda

Aslanov Jasurbek
12 apr 2021
Navoiy viloyatida selekciya ishlari qizg'in ruhda davom ettirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-5887-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida hamda 2025 yil Toshkent shahrida yoshlar o'rtasida IV Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish va futbol mahorat maktabiga selekciya ishlarini olib borish maqsadida 2010 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha Navoiy viloyati miqyosida musobaqasiga  start berildi. 

Musobaqa davomida jamoalar turli xil qiziqarli uchrashuvlarda maydonga chiqishdi maydondagi o'smirlar orasidan eng yaxshilarini Navoiy viloyat futbol mahorat maktabi selekcioner murabbiylari maxsus sertifikat bilan taqdirlashdi.

Navoiy viloyat futbol mahorat maktabi (futbol akademiya) tomonidan tayyorlangan ushbu sertifikat 2010 yilda tug'ilgan o'smir iqtidorli futbolchilarga taqdim etiladi. Mana shu sertifikat bilan taqdirlangan o'smirlar 2021 yil avgust oyida o'tkaziladigan qabul imtihonlariga taklif etiladi. 

14 aprel kuni Karmana tumanida

15 aprel Navbahor tumani

16 aprel Qiziltepa tumani

19 aprel Konimex tumani

21 aprel Zarafshon shahar

22 aprel Tomdi tumani

23 aprel Uchquduq shahar

29 aprel Nurato tumani va G'azg'on shahar

30 aprel Xatirchi tumanilarida 

musobaqaning tuman bosqichi o'tkaziladi. 

Har bir tuman va shahardan terma jamoalar shakillantiriladi va jamoalar musobaqaning final bosqichiga yo'l olishadi. Final bosqichi 15-16 may kunlari Navoiy shahridagi "Kimyogar" o'yingohida bo'lib o'tadi. Musobaqa davomida iqtidorli o'smirlar futbol mahorat maktabi (futbol akademiya) yakuniy imtihoniga taklif etiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFABolalarFutboli