Navbatdagi "El-Klassiko"da bosh hakam almashtirildi

Aslanov Jasurbek
28 fev 2019, 18:45
"Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya chempionatining 26-tur uchrashuviga boshqa bosh hakam tayinlandi.

Navbatdagi "El-Klassiko"ni Alexandro Xose Ernandes Ernandes emas, Alberto Undian Malenko boshqaradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Malenko joriy mavsum hakamlik faoliyatini yakunlaydi, shu sababli ushbu hakamga so'nggi "El-Klassiko"ni o'tkazish imkoniyati berildi.

Malenko faoliyati davomida sakkizinchi marotaba LaLiga doirasida "Real" - "Barselona" uchrashuvini boshqaradi.

"Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 26-tur uchrashuvi 2 mart kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca