"Navbahor" yig'inni boshladi. Jamoada niderlandiyalik, xorvatiyalik, rossiyalik va kamerunlik legionerlar bor

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2020, 21:29
Namanganning “Navbahor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni bugundan boshladi.

Joriy yildagi ilk mashg'ulot bugun To'raqo'rg'ondagi “Odil Junior” futbol akademiyasining sun'iy qoplamali maydonida o'tkazildi. Uni rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis boshchiligidagi murabbiylar shtabi olib bordi. Mashg'ulotda jamoa a'zolari bilan birgalikda ko'rikdan o'tayotgan mahalliy hamda xorijlik o'yinchilar ishtirok etishdi.

"Navbahor"ning yig'iniga rossiyalik o'yinchilar – Artyom Sherbak, Aleksey Kurilov va Stanislav Efimov, xorvatiyalik Vilim Posinkovich, kamerunlik Mbassi Emmanuel Rikardo kabi yangi legionerlar qo'shilishdi. Ular jamoa bilan birga mashg'ulotda ishtirok etishdi.

Bugun "lochinlar" safiga yana bir xorijlik futbolchi qo'shildi. Bu niderlandiyalik Nelson Gregori Jarreld Martlales bo'lib, u 1988 yil, 31 yanvarda tug'ilgan, ampluasi – hujumchi. Nelson futbolchilik faoliyati davomida Gollandiyaning “AZ” (Alkmar), “Rozendal” (Rozendal), Bolgariyaning SSKA (Sofiya), “Botev” (Plovdiv), Ukrainaning “Metallurg” (Doneck) va Hindistonning “Chennayin” (Chennan) klublarida o'ynagan. Niderlandiyalik hujumchi “lochinlar”ning bugundan boshlangan o'quv-mashg'ulot yig'iniga ertaga qo'shiladi.

Shuningdek, ertaga yana bir qator legionerlarning Namanganga tashriflari kutilmoqda.


Vilim Posinkovich


Nelson Gregori Jarreld Martlales



Bugungi mashg'ulotlardan olingan videolavhani tomosha qiling.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz