
O'zbekiston professional futbol ligasi 11-tur uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra Qo'qonda bo'lib o'tadigan navbatdgi “vodiy derbi”sini toshkentlik hakam Olim Tolibjonov boshqarib boradigan bo'ldi. Unga qanotlarda navoiylik Ruslan Samandarov va Obid Jumaevlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam vazifasini esa andijonlik Akmal Rahimov bajaradi. Poytaxtlik Asrlon Hotamov esa 31 may kuni Qo'qonga nazoratchi hakam sifatida boradi.