"Navbahor" - "Norin" 3:1 yoxud "Navbahor" oliy ligada qoldi

Aslanov Jasurbek
28 noya 2016
Bugun "Navbahor" hamda "Norin" o'rtasida oliy ligaga o'tish o'yini bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Mahmudovning jarima zarbasidan keyin xavfli vaziyat yuzaga kelgandi. Lekin samara chiqmadi.17-daqiqada "Navbahor" vakili Ilhom Boydedaev raqibini urib yuborgani uchun maydondan chetlatildi.

23-daqiqada Islombek Isoqjonov raqib jarima maydoniga yorib kirib hisobni ochdi - 1:0. Bahsning 30-daqiqasida Alisher Mahmudov chamasi 30 metrlardan yo'llangan zarbasi aniq chiqdi - 2:0.

Uchrashuvning 34-daqiqasda Shohruh Dostonov hisobni qisqartirdi - 2:1. Birinchi bo'limda boshqa gol urilmadi.

66-daqiqada Abdumalik Abdullaev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib bo'sh darvozaga zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi.

Uchrashuv tugashiga 6 daqiqa qolganida Alisher Mahmudov yana uzoq masofadan gol urdi, bu vaziyatda Eldor Isaboev qo'pol xatoga yo'l qo'ydi - 3:1.


"Navbahor" - "Norin" 3:1

Gollar: Islombek Isoqjonov 23, - 1:0. Alisher Mahmudov 30, - 2:0. Shohruh Dostonov 34, - 2:1.Alisher Mahmudov 84, - 3:1.

“Navbahor”: 34. Artur Parvanov, 9. Dilshod Jabborov (S), 10. Alisher Mahmudov, 21. A'zam Aliev, 24. Ilhom Boydadaev, 26. Qahramon Mahamadjonov, 28. Islombek Isoqjonov (19. Vladislav Aleksin, 90), 33. Tohir Shamsitdinov, 50. Abdumalik Abdullaev (16. Shohjahon Abbosov, 88), 51. Azizbek Mamazoyitov, 99. Ruslan Vagapov (20. G'ayrat Jo'raev, 46). 

Zaxira: 32. Mirzohid Mamatxonov, 48. Azizbek Turg'unboev, 88. Vladislav Nuriev.

“Norin”: 1. Eldor Isaboev, 4. Farruh Nurliboev (S), 7. Rustam A'zamov, 8. Sarvarbek Safarov, 10. Ahror Umarjonov (24. Fayzullo Jumanqo'ziev, 84), 11. Shohruh Dostonov, 17. Shoirbek Ro'ziev (6. Doston Ibragimov, 56), 18. Umarbek To'xtasinov, 19. Eldor Ergashev, 20. Javlon Iskandarov, 22. Sanjar To'raqulov.

Zaxira: 35. Muhriddin Ahmedov, 13. Ilhomjon Tojiboev, 15. Shokir Yoqubjonov, 21. Mardon G'ulomnazarov, 23. Jafar Ismoilov, .

Chetlatish: Ilhom Boydedaev 17 - Sarvarbek Safarov 90



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia