"Navbahor" bugun nazorat uchrashuvini o'tkazadi

14 iyul 2017, 08:25
Ikkinchi davraga tayyorgarlikni Namanganda davom ettirayotgan Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi jamoa bugun o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.


"Navbahor" klubining telegramdagi rasmiy kanalining xabar berishicha, dastlabki nazorat bellashuvidagi raqib "O'zDongJu" bo'ladi.

So'ngra "Navbahor" jamoasi Toshkentda tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi. Poytaxtdagi yig'in doirasida ham "lochinlar" nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishadi. Dastlab 17 iyul kuni, Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi saf tortishadi. 20 iyul sanasida esa  "Navbahor"ga Samarqandning "Dinamo" klubi raqiblik qiladi. 23 iyulga belgilangan o'yinda esa "Buxoro" jamoasi bilan bellashishadi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Навбаҳор матбуот хизмати