"Navbahor": "Andijon"ga 0:4 hisobida yutqazgan jamoa asosiy tarkib emas

Sherzod Nurmatov
25 fev 2023, 18:24
Buni "Navbahor" matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Bugun Namangan shahridagi "Dinamo" stadionida "Navbahor "ning U-21 yoshlar va U-19  jamoalari futbolchilaridan iborat aralash tarkibi  "Andijon"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Mazkur bahsda tajribali bo'lgan  mehmonlar 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi. 

"Navbahor"ning asosiy tarkibi esa ayni paytda Namangan shahri, Davlatobod tumanidagi "Markaziy" stadionida Tojikistonning "Xo'jand" jamoasi bilan xalqaro o'rtoqlik o'yinida qatnashmoqda", – dedi "Navbahor" matbuot xizmati.

Avvalroq "Andijon" matbuot xizmati "Navbahor"ni yirik hisobda dog'da qoldirgani haqida xabar bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia