Navas: "MYUni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborsak, do'stlarim xursand bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
19 fev 2018, 18:45
"Sevilya" yarim himoyachisi Xesus Navas "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Keyingi bosqichga chiqishimiz kerak. Ammo MYUni Manchestyerda mag'lub etib, ularni turnirdan chiqarib yuborsak bazi do'stlarim mamnun bo'lishini bilaman. Agar kimdir "Sevilya"ga past baho berayotgan bo'lsa, hozirgi natijalarimizga qarasin. Biz pley-offga chiqqanimiz, nimanidir anglatadi. Barcha turnirlarda kurashni davom ettiryapmiz.

Bizda ahamiyatli natijaga erisha oladigan jamoa ajoyib jamoa bor. "Siti"da o'ynaganimda, "Manchester Yunayted" bizning asosiy raqibimiz edi. Ularga qarshi bahslar juda muhim bo'lardi. Biroq hozir bu "Sevilya" uchun eng muhim uchrashuv. Chorak finalga chiqsak yaxshi bo'lar edi.

Ammo kuchni ikki uchrashuv uchun teng taqsimlash lozim. "Yunayted" - har onda duel natijasini hal qila oladigan jamoa" - deydi Navas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror