

Kuni kecha klub yangi mavsum uchun futbolchilar ro'yxatini taqdim etdi. Unga ko'ra Bahodir Nasimov yangi jamoasi safida 10-raqamda o'ynaydi.
"Ansan Griners" safida jami 4 nafar legioner ro'yxatdan o'tkazildi. Nasimovdan tashqari braziliyalik Villiam Enrike, urugvaylik Raul Tarragona hamda chernogoriyalik Luka Rotkovich kabi futbolchilar bu mavsum ushbu jamoa safida o'ynashadi.




