Nasim Shoimov "Alanga"ni boshqarmoqda

Narzulla Saydullayev
1 fev 2014, 13:45
O'tgan yili birinchi ligada moliyaviy muammolar tufayli arang ishtirok etgan Kosonning "Alanga" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
"Mavsum-2013"da jamoaga ustozlik qilgan Dilshod Andaev endilikda "Mashal" farm-klubida ishlamoqda. Shu bois kosonliklar boshqaruv postiga Nasim Shoimovni taklif etgan. Futbolchilik faoliyati davomida "Buxoro", "Neftchi" hamda "Mashal" singari klublarda o'ynagan Shoimovning bu yil bosh murabbiy bo'lib ishlashi rasman tasdiqlanmagan. Chunki katta extimol bilan bosh murabbiylikka boshqa mutaxassis kelishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia