"Nasaf"ning raqibi Qirol Kubogi 1/8 finaliga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
23 sen 2025
Qarshiliklarning Elit OCHLdagi raqibi "Al Hilol" navbatdagi uchrashuvda maydonga tushdi.

Unda "Al Hilol" "Al Adala" bilan to'qnash kelib, qiyin g'alabaga erishdi. Uchrashuvdagi yagona golga 45+2-daqiqada Abdulloh Al Hamdan muaflliflik qildi. Golli uzatmani yarim himoyachi Muhammad Kanno amalga oshirdi.

22 sen 2025, 23:30
Al Adalah — Al Hilal
0 – 1
Tugadi

Ma'lumot uchun, "Nasaf" Elit OCHL 2-turida aynan "Al Hilol" bilan ro'baro' keladi. Bellashuv 29 sentyabr kuni 18:45 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia