"Nasaf"ga qarshi o'yindan oldin "Navbahor"da jiddiy yo'qotish, bu Tabatadze emas

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2024, 14:20
30 iyun kuni Superliganing 5-turidan o'rin olgan qoldirilgan "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bahsda "Navbahor" yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov ishtirok eta olmaydi. Sababi u "Andijon"ga qarshi o'yinda mavsumdagi 4-sariq kartochkasini oldi va diskvalifikaciyaga uchradi.

Ma'lumot uchun, "Andijon"ga qarshi o'yinda "Navbahor" to'purari Toma Tabatadze jarohat sababli qaydnomadan o'rin olmagan edi. Katta ehtimol bilan Tabatadze Qarshidagi bahsda ham ishtirok etmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia