"Nasaf" - "Qo'qon-1912" o'yiniga doir ma'lumotlar

Xayrulla Xoliqov
18 may 2019
Bugun Superliganing 9-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.

"Nasaf" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv 20:00da boshlanadi. Aslida bu o'yin Qo'qonda bo'lib o'tishi lozim edi, biroq "Qo'qon-1912" stadioni mavsumga hamon tayyor bo'lmagani bois bahs Qarshiga ko'chirildi. 

Quyida mazkur bellashuvga oid bazi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz. 

"Nasaf"

- "Nasaf" turnir jadvalida 11 ochko bilan 8-o'rinda boryapti. Jamoa uchtadan o'yinda g'alaba va mag'lubiyat qayd etgan. Shuningdek, ikki bor durangga erishdi. To'plar nisbati 12-9.

- "Nasaf" o'z maydonida ochko yig'ish bo'yicha 7-o'rinda boryapti. "Ajdarlar" uydagi to'rtta o'yinda 7 ochko to'plashgan. 

- "Nasaf" ketma-ket uchta mag'lubiyatdan so'ng oxirgi uch o'yinda ijobiy natija qayd etdi. Jamoa ikki bor zafar quchib, bir marta durang o'ynadi. 

- "Nasaf" o'z maydonidagi oxirgi o'yinida g'alaba qozona olmadi. Jamoa "Qizilqum" bilan 1:1 hisobini qayd etdi. 

"Qo'qon-1912"

- "Qo'qon-1912" hamon quyi o'rinlarda boryapti. Jamoa 8ta o'yinda zo'rg'a 6 ochko to'plagan. To'plar nisbati 8-18. 

- "Qo'qon-1912" Superliga klublar orasida eng ko'p gol o'tkazgan jamoa bo'lib turibdi.

- "Qo'qon-1912" safarda ochko yig'ish bo'yicha 4-o'rinda, biroq eng ko'p gol o'tkazgan -15ta. 

- Qo'qonliklar qatorasiga uchta o'yindan beri zafar qucha olishmayapti. Bu jamoa ketma-ket to'rtta o'yinni safarda o'tkazdi va bugun beshinchisi ham shunday bo'ladi. 

- "Qo'qon-1912" yagona g'alabasini safarda qo'lga kiritgan. Bu jamoa "Qizilqum"ni 1:0 hisobida engib qaytgan. 

Oxirgi 5 uchrashuv 

2018 yil. "Nasaf" - "Qo'qon-1912" 1:1

2018 yil. "Nasaf" - "Qo'qon-1912" 1:0 

2017 yil. "Nasaf" - "Qo'qon-1912" 3:0 

2016 yil. "Nasaf" - "Qo'qon-1912" 1:0 

2015 yil. "Nasaf" - "Qo'qon-1912" 3:0 

Qarshida bo'lib o'tgan oxirgi beshta o'yinning to'rttasida "Nasaf" g'alaba qozongan. Va "Nasaf" g'alabaga erishgan o'yinlarda jamoa gol o'tkazmagan. Faqat oxirgi uchrashuv 1:1 hisobida yakun topgan.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia