"Nasaf" – "Paxtakor" uchrashuvida 5 kishidan iborat hakamlar guruhi ishlaydi

Narzulla Saydullayev
7 may 2018, 22:23
Superliga 11-turining "markaziy o'yini"da mamlakatimizning ikki grand jamoalari – "Nasaf" hamda "Paxtakor" o'zaro bahs olib borishadi.

Mazkur uchrashuvda Superliga tarixida ilk marta 5 nafar hakamdan iborat guruh ish olib boradi. Uchrashuv bosh hakami – Ravshan Ermatov. Unga qanotlarda A. Rasulov hamda J. Saidovlar yordam berishadi. Darvoza chizig'ida esa V. Kovalenko hamda A. Risqullaev ishlashadi. Zaxira hakami vazifasini A. Najafaliev bajaradi.  

Superliga,   11-tur
"Nasaf" (Qarshi) - "Paxtakor" (Toshkent)
Bosh hakam: 
Ravshan Ermatov
Qanot hakamlari: A. Rasulov, J. Saidov
Darvoza chizig'idagi hakamlar: V. Kovalenko, A. Risqullaev
Zaxira hakami: A. Najafaliev
Nazoratchi:  R. Aytekov  

Ta'kidlab o'tamiz, ilgari O'zbekiston chempionati birinchi ligasi-2017 3-turidan o'rin olgan "NBU-Osiyo" – "Zomin" jamoalari o'rtasidagi o'yinda o'zbek futboli tarixida ilk bora darvoza chizig'idagi hakamlar sinovdan o'tkazilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz