O'yin o'ziga yarasha shiddatli kechishi kutilgandi va shunday bo'ldi ham. Men mazkur bahsni internet orqali hisobni bilmasdan, atayin TV orqali tomosha qildim. Chunki bugungi kunda oliy ligada to'rtta kuchli jamoa bo'lsa (“Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Nasaf” va “Lokomotiv”), shulardan ikkisining o'zaro qarama-qarshiligi qanday kecharkin degan o'yda bahsni kuzatish qiziqarli ko'rindi. Qolaversa, uchrashuvni efirga uzatish uchun astoydil mehnat qilgan rejissyordan tortib, operatorlarning ham xizmatini alohida ta'kidlab o'tish joiz. Chunki o'yin ancha chiroyli tarzda TVda namoyish etildi.
Men uchun o'yinda qayd etiladigan yakuniy natijadan ko'ra futbolchilarning maydondagi xatti-harakatlari muhimroq edi. Chunki biz natijaning ketidan quvaverib allaqachon bir nechta istedodlarni boy berib qo'ydik. Buni kimdir tushunib etmoqda, kimdir esa yo'q. Kimlardir tushunib etgani bilan baribir natijani ko'zlab bunga diqqat qilishmayapti. Kechagi uchrashuvni ko'rar ekanman, avvalo maydondagi har bir futbolchini terma jamoa darajasida baholab ko'rishga harakat qildim. Qay bir o'yinni ko'rmaylik, futbolchilarga terma jamoa saviyasida baho berish odat bo'lib qoldi. Shu bois kim yutib, kim yutqazishiga ahamiyat bermadim. Xuddi selekcioner singari o'yinchilarning alohida va jamoaviy harakatlariga e'tibor qaratishni maqul ko'rdim.
Natijada esa quyidagicha kartina hosil bo'ldi. O'yin tomonlama “Nasaf” kuchli va qiziqarli ko'rindi. Jamoa safida Ilhom Yunusov va Artur Gevorkyan singari futbolchilarning borligi “Nasaf”ning eng asosiy yutug'i hisoblanadi. Turkmanistonlik Artur Gevorkyanga qoyil qolish kerak. Uni birinchi marta Seid Seidov “Sho'rtan”ga olib kelganida yosh futbolchining yirtiq butsadan boshqa hech narsasi yo'q edi. Ayni paytda esa Artur Gevorkyan yurtimizdagi eng kuchli uchta legionyerdan biri hisoblanadi. Yana biri so'zsiz Akmal Xolmatov. Uchinchi esa “Bunyodkor”dagi Pishur bo'lsa kerak, lekin uniyam juda zo'r deb bo'lmaydi.
Xolmatov va Gevorkyan – o'yinni tashkil qiladigan, natijaga ta’sir o'tkazadigan futbolchilar hisoblanadi. Aslida bizga mana shunday legionerlar kerak. Darvozabon, markaziy himoyachilarni o'zimizda ham tarbiyalasa bo'ladi. Klublarimizga esa aynan o'yinni qo'liga ola biladigan xorijliklar zarur. Mana, Gevorkyan bilan Xolmatov bunga yorqin misol bo'la oladi.
Yana o'yinga qaytamiz. “Nasaf” namoyish etayotgan futbol ochig'i menga “Paxtakor” ko'rsatayotgan o'yinga nisbatan ko'proq yoqyapti. “Nasaf”da murabbiyning ishlayotgani ko'rinib turibdi, lekin “Paxtakor”da Murod Ismoilovning imzosi hech ko'rinmayapti. Aslida “Paxtakor”da iqtidorli yoshlar soni ko'pchilikni tashkil qiladi, ularni pog'onama-pog'ona o'stirib borish esa avvalo bosh murabbiyga bog'liq. Murabbiylik ham Xudo yuqtirganga nasib qilsa kerak. Yozuvchining o'zida bo'lmasa ming yozgani bilan o'quvchi uni qabul qilmasligi mumkin, murabbiylik ham shunday: o'n yil ishlab ham murabbiy sifatida shakllanmaslik mumkin. “Paxtakor” – salmoqli jamoa. Jamoani Murod Ismoilov darajasidagi murabbiylar boshqarmasligi lozim. Har holda bu mening shaxsiy fikrim.
Futbolchi yomon o'ynayaptimi, bunda ko'p hollarda o'yinchining o'zidan ko'ra murabbiy sababchi bo'ladi. Chunki futbolchi maydonga tushgach, murabbiyning aytganlarini bajarishga harakat qiladi. Shunday ekan, futbolchilarni ko'p ham tanqid qilish kerak emas. Chunki unga nimani o'rgatishsa shuni qiladi. “Nasaf” – “Paxtakor” bahsida biz shuningdek murabbiylar raqobatiga ham guvoh bo'ldik. Ro'ziqul Berdievda o'sish borligi ko'zga tashlanyapti, lekin Murod Ismoilovda ko'p narsa qotib qolgandek. Negaki murabbiyga baho berish uchun uning jamoasi ishtirokidagi o'yinni ko'rsangiz kifoya.
Endi futbolchilar haqida to'xtalamiz. Gapni darvozabonlardan boshlaymiz. Har ikkala darvozabon – Eldor Suyunov ham, Aleksandr Lobanov bir xil darajada harakat qilishdi. Axir ularning ikkisi ham milliy terma jamoaga nomzod hisoblanishadi. Himoyachilar borasida gapiradigan bo'lsak, Aleksandr Merzlyakov “Paxtakor”da haliyam o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmayapti. Boshqacha aytganda, jamoa o'yiniga to'liq kirishib ketganicha yo'q. O'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov esa ko'p hollarda ehtiroslarini jilovlay olmayapti. Albatta, Davron ham yaxshi futbolchi, lekin uning Akmal Shorahmedovdan farqli tomoni bosiq emasligida. Qiziqqonligi tufayli kutilmaganda jamoaga pand berib qo'yishi mumkin. Shu bois ham Qosimov uni termaga chaqirmayotgan bo'lsa kerak.
“Nasaf”dagi Laziz Ubaydullaevni tarbiyalasa kelajakda undan ajoyib futbolchi chiqishi mumkin. Faqat u bilan alohida ishlash talab etiladi. Maqsud Karimov bilan Hamza Karimov esa jamoaning asosiy “devori” hisoblanadi. Har ikkalasi ham o'yinni o'qiy oladigan darajadagi futbolchilar. Jamoa sardori Botir Qoraev ham yildan yilga tajribasini oshirib bormoqda. “Paxtakor”dagi Akbar Ismatullaev bilan ham alohida ishlash zarurga o'xshayapti. Aslida uning Islom To'xtaxo'jaevdan qolishadigan joyi yo'q.
Yarim himoya borasida “Nasaf” vakillari bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishar ekan. Garchi ko'p marta qizil kartochka olishi bilan ajralib tursa-da, Erkin Boydullaev chakki emas. Hozir ko'p klublarimizda mana shunday “jangchi” o'yinchilar ko'zga tashlanmayapti. “Paxtakor”dagi Kaxi Maxaradze ham mehnatkash futbolchi, faqat unga tezlik yetishmaydi. Jamshid Iskanderov esa marvaridning o'zginasi. Unga ehtiyot bo'lib ishlov berish talab etiladi. Jamshid yaxshi ustaning qo'liga tushsa bormi, chiroyli gavhar bo'lishi hech gap emas. U salohiyat bobida hatto Jeparovdan ham kuchli, faqat bunisi endi murabbiylarga bog'liq.
Shu uchrashuvda eng ojiz nuqta hujum chizig'i bo'ldi desak yanglishmaymiz. Masalan, Zohid Abdullaev bilan Azamat Allaniyazovni olaylik. Ular “kamonning uchi” vazifasini bajarib bera olishmadi. Ayniqsa, Allaniyazovning o'ta qulay vaziyatdan ham foydalana olmasligini qanday tushunish mumkin? “Metallurg”dan kelgan Zohid Abdullaev himoyachilarni sarosimaga solib turgani bilan o'tkir hujumchiligini namoyish qila olmadi. “Paxtakor” tarkibida to'p surgan Temurxo'ja Abduxoliqov oliy ligada men eng ko'p yoqtiradigan hujumchilar sirasiga kiradi. Unda chempionat to'purarligi uchun kurasha oladigan qobiliyat bor. Lekin bu o'rinda yana ko'p narsa murabbiyning hujumchi bilan alohida qay tarzda ishlashiga bog'liq.
Hech e'tibor berganmisiz, deyarli barcha klublarimizda mashg'ulotlar umumjamoa sifatida olib boriladi. Murabbiylarimiz e'tiborni nuqul jamoaviy o'yinga qaratishayotgani uchun ham Abduxoliqov, Maxsitaliev, Iskanderovga o'xshagan talantlar porlamay qotib qolishyapti. Balki ular bilan alohida mashg'ulotlar grafigini tuzib chiqqan maquldir. Ana shundagina bu ftubolchilar jamoaga ko'proq foyda keltirishi mumkin. Qolaversa, futbolchi va shaxs sifatida ham shakllanib borishadi.
“Nasaf” tarkibida zaxiradan maydonga tushgan Rahmatullo Berdimurodov “Nasaf” darajasidan birmuncha past o'yin ko'rsatdi. Samandar Shodmonov esa umuman o'yinini yo'qotib qo'yibdi. Uning foydali ish koefficienti juda pasayib kyetibdi. Agar Samandar o'yinni o'z qo'liga olganida “Nasaf” g'alaba qozonishi ham mumkin edi. Lekin u ko'p hollarda hech kim kutmagan qaror chiqarmagani etmagandek, zarbalari ham golga tortadigan bo'lmadi.
“Paxtakor” safida zaxiradan o'yinni davom ettirgan Dilshod Sharofetdinov o'ta omadli o'yinchi. U go'yoki hozirgi “Paxtakor”da to'p surish uchun tug'ilgandek. Lekin terma jamoa darajasi bilan taqqoslaganda uning ham o'yini ancha past. Anchadan beri ko'rinmayotgan Anvar Rajabov esa avvaldan yo'q o'yinini badtar yo'qotibdi.
Endi ikki og'iz natija haqida. Uchrashuvda durang qayd etildi. Tomonlar bir ochkodan bo'lib olishdi. Menimcha, durangdan ko'proq “Paxtakor” xursand bo'ldi. “Nasaf” esa o'z maydonida zafar quchishi mumkin edi, ammo qimmatli ikki ochkoni boy berdi. Nazarimda, g'alaba qozona olmaslik “Nasaf”ning chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlarini birmuncha pasaytirib yubordi.
Xayrulla XOLIQOV.