
Ushbu marosimda “Nasaf” PFK sport direktori Vitaliy Ni ishtirok etdi.
Unda O'zbekiston kubogi chorak finalida ishtirok etuvchi jamoalar dastlabki uchrashuvni qayerda boshlashlariga aniqlik kiritildi.
Xabaringiz bor, “Nasaf” jamoasi ham O'zbekiston kubogining chorak finaliga yo'llanma olgan. Jamoamiz chorak finalda Andijonning “Andijon” jamoasi bilan bahs olib olib boradi.
Bugungi qur'a natijasiga ko'ra, jamoamiz “Andijon” jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvni safarda, yani Andijonda o'tkazadi. Javob uchrashuvi esa Qarshi shahrida bo'lib o'tadi.