

O'z uyida 2:0, bugungi safardagi o'yinda 2:1 hisobida zafar quchgan "Nasaf" o'z tarixida oltinchi bor O'zbekiston kubogi finaliga chiqdi.
"Ajdarlar"ning finaldagi raqibi "Lokomotiv" - "Bunyodkor" juftligi g'olibi bo'ladi.
"Nasaf"ning O'zbekiston kubogi finallaridagi natijasi:
2003 - "Paxtakor" - "Nasaf" 3:1
2011 - "Paxtakor" - "Nasaf" 3:1
2012 - "Bunyodkor" - "Nasaf" 3:0
2013 - "Bunyodkor" - "Nasaf" 2:1
2015 - "Bunyodkor" - "Nasaf" 1:2



