“Nasaf” nazorat uchrashuvida Ruminiya klubi bilan durang o'ynadi

Оқил Абдубарноев
7 fev 2022, 21:26
“Ajdarlar” bugun Turkiyadagi yig'in doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Qarshiliklarning bu safargi raqibi Ruminiyaning “Universtatia Kluj” jamoasi bo'ldi. 

Bellashuv qiziqarli va ko'plab xavfli vaziyatlarga boy bo'ldi. 56-daqiqada Husayn Norchaevning dastlabki zarbasini raqib futbolchisi bartaraf etgan bo'lsa, uning ikkinchi zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi. 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Bahrom Abdurahimov Aziz Xolmurodovning uzatmasidan so'ng uchrashuvda hisobni ochdi - 1:0. 

80-daqiqada Dilshod Saitovning tepgan to'pi darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi. O'yinning so'nggi daqiqalarida Martin Remakle hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa "ajdarlar"ning ikkinchi nazorat uchrashuvi 1:1 hisobida o'z yakuniga etdi.


07.02.2022. 16:00

Turkiya, Antalya

Nazorat uchrashuvi

“Nasaf” - “Universtatia Kluj” (Ruminiya) 1:1

Gollar: Bahrom Abdurahimov 64 - Martin Remakle 88.

“Nasaf”: 1.Umidjon Ergashev, 5. G'olib G'aybullaev, 8. Dilshod Saitov, 9. Ivan Solovev, 14. Sharof Muhitdinov, 77. Oybek Bozorov, 19. Husayn Norchaev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullaev, 88. Marko Stanoevich, 92. Umarbek Eshmurodov (S).

Zaxiradan maydonga tushganlar: Bahrom Abdurahimov, Murodbek Rahmatov, Husniddin Aliqulov, Aziz Xolmurodov, Suhrob Nurulloev, Sardor Sadullaev, Alibek Davronov, Shahzod Akramov.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Насаф" футбол клуби матбуот хизмати