Jamoa kecha qisqa tanaffusdan so'ng klub bazasida yig'ilib, ana shu muhim uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Jamoa o'yinchilarining kayfiyati a'lo darajada. Oldinda turnir jadvalining peshqadamlaridan biri "Lokomotiv" jamoasiga qarshi uchrashuv kutib turibdi. 18-turning markaziy uchrashuvi sifatida kutilayotgan ana shu o'yinga tayyorgarlik boshlab yuborildi.
Jamoada jarohat olgan o'yinchilardan tashqari yo'qotishlar yo'q. Muxlislar sog'inib qolishgan Kenja To'raev, Alisher Yusupov va Jahongir Jiyamurodovlar hozirgi paytda jicmoniy holatlarini tiklash bo'yicha mashg'ulotlarni davo ettirishmoqda. Ularni maydonga qaytishlariga oz vaqtlar qolmoqda.
Shohruh Gadoev hozircha o'z oila davrasida bo'lib turibdi, Shohruh oktyabr oyining oxirlarida maydonga qaytishi mumkin. "Nasaf" jamoasida boshqa yo'qotishlar yo'q.
Jamoa o'yinga ikki kun qolganda Toshkentga tashrif buyurishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, Oliy liga 18-turiga 13 sentyabr kuni start beriladi, ana shu kuni Toshkentda "Nasaf" jamoasi "Lokomotiv" jamoasi bilan kuch sinashadi. Qolgan uchrashuvlar 14 sentyabr kuni davom ettiriladi. Vohamiz futbol muxlislari 14 sentyabr kuni ham qiziqarli yana bir uchrashuv guvohi bo'lishadi. Shu kuni G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi o'z maydonida poytaxtning "Bunyodkor" jamoasini qabul qiladi.