"Nasaf" kubokni qo'lga kiritish bo'yicha "Bunyodkor"ga yetib oldi
Narzulla Saydullayev
12 noya 2023, 19:18
Qarshining "Nasaf" klubi O'zbekiston kubogi finalida OKMKni mag'lub etdi.
Shunday qilib, "ajdarlar" o'z tarixida to'rtinchi bor mamlakat kubogini qo'lga kiritishdi (2015, 2021, 2022 va 2023). Bu borada "Nasaf" "Bunyodkor"ga yetib oldi.
Ma'lumot uchun, bugun "Nasaf" o'z tarixida 9-marta kubok finalida o'ynadi.