"Nasaf" futbolchisi OCHL guruh bosqichining eng yaxshi yarim himoyachilari qatoridan o'rin oldi

Оқил Абдубарноев
25 iyul 2022, 19:30
OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng yaxshi yarim himoyachilarini e'lon qildi.

OFK mazkur ro'yxatni shakllantirishda ushbu chiziqda to'p tepadigan futbolchilarning xatti-harakatlari hamda statistikasiga e'tibor bergan. Qayd etish joiz, ular orasida O'zbekistonning "Nasaf" klubi a'zosi Marko Stanoevich ham o'rin olgan. 34 yoshli futbolchi 6 o'yinda 3 ta gol urdi, 10 ta xavfli vaziyat yaratdi hamda 47 ta pozicion kurashda ustun keldi. 

Shuningdek, Salmon Al Faraj (Al Hilol), Kleyton (Kitchi), Navaf Al Abd (Al Shabab), Bruno Lamas (Tegu), Axmed Jaxux (Mumbay Siti), Yusuke Macuo (Urava Red Daymonds), Patompxon Charoenrattanapirom (Patxum Yunayted) ham ushbu ro'yxatga kiritildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia