“Nasaf” futbolchilari Namanganga yetib kelishdi

Narzulla Saydullayev
9 may 2015, 15:21
Oliy liganing 8-turida “Nasaf” Namanganda “Navbahor” jamoasi mehmoni bo'ladi.
Bugun ertalab charter reys Qarshidan Namanganga yo'l olgan jamoamizning asosiy va o'rinbosarlar tarkibi belgilangan manzilga yetib keldi va shahar markazidagi “Namangan” mehmonxonasiga joylashishdi.

Eslatib o'tamiz, “Navbahor” va “Nasaf”  jamoalari o'rtasida bahs ertaga, 10 may kuni soat 18:00 da boshlanadi. O'rinbosarlar bahsiga esa To'raqo'rg'on tumanidagi markaziy stadionda bugun soat 17:00 da start beriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz