

O'zPFL 16-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon)
06.08.2017. “Markaziy” stadion. 19:30da
Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov (Toshkent), Doniyor Saylalov (Toshkent)
Zaxira hakami: Dilshod Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent)
O'zPFL vakili: Roman Chernikov.
Bu uchrashuv jamoalarning oliy ligadagi o'zaro 16-uchrashuvi bo'ladi. Mazkur jamoalar chempionatda umuman o'zaro durang o'ynashmagan. Shubhasiz, bugun “ajdarlar” g'alaba uchun maydonga tushishadi. Bu g'alaba “Nasaf”ni turnir jadvalida 2-pog'onaga ko'tarilib olishiga imkon yaratadi.
Qiziqarlisi, bu yilgi futbol mavsumida jamoalar o'zaro to'rtinchi bor tuqnash kelishmoqda. Shulardan ikkitasi kubok bahslari bo'lsa, bugun chempionatning ikkinchi uchrashuvidir.
“Nasaf” va “Qo'qon-1912” bir-birlarini juda yaxshi o'rganib bo'ldi. Bu ham o'yinga qiziqishni ortirishi turgan gap.
Bugun yakshanba – dam olish kuni. Yangilangan misli Yevropacha ko'rinishga ega bo'lgan “Markaziy” stadion, Siz futbol ishqibozlarini kutmoqda.
Shunday ekan, “Markaziy”ga tashrif buyuring, stadiondagi o'zgarishlarga guvoh bo'lish bilan birga, murosasiz futbol uchrashuvini ham tomosha qiling. Maroqli hordiq chiqaring.



