“Nasaf” – “Al-Ayn” o'yinini Kim Dong Jin boshqaradi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2016
Osiyo chempionlar ligasining 5-turida jamoamiz Birlashgan Arab Amirligining “Al-Ayn” klubini o'z maydonida qabul qiladi.

Uchrashuv 19 aprel seshanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda, soat 19:30da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvni mamlakatimiz futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan Janubiy Koreyalik hakam - Kim Dong Jin boshqaradi.

Unga qanotlarda hamyurtlari Bang Gi Yol va Song Bongkuenlar yordam berishadi. Uchrashuvdagi to'rtinchi hakam sifatida Suriyalik hakam Masud Tufaylih ishlaydi. Hakamlar ishini Saudiya Arabistonidan Xalil Ibrohim Alhamdi nazorat qiladi. Uchrashuv komissari etib, Hindistonlik  Rufus Prins tayinlangan.

Osiyo chempionlar ligasi-2016 5-tur.

19 aprel, seshanba

 

“NASAF” (O'zbekiston) – “AL-AYN” (BAA)

Qarshi sh., “Markaziy” stadion. Soat 19:30da

Bosh hakam:  Kim Dong Jin (J.Koreya)

Qanot hakamlari:  Bang Gi Yol, Song Bongkuen (ikkalasi ham-J.Koreyadan)

Zaxira hakami:  Masud Tufaylih (Suriya)

Nazoratchi:  Xalil Ibrohim Alhamdi (Saudiya Arabistoni)

Uchrashuv komissari:  Rufus Prins (Hindiston)

 

Futbol ishqibozlarining yodida bo'lsa, Kim Dong Jin ilk marta Qarshiga  2011 yili tashrif buyurgan va u OFK Kubogi-2011 final uchrashuvini boshqargan edi. Uchrashuvda o'zingizga ma'lum, jamoamiz Quvaytning “Quvayt SK” klubini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.

Kim Dong Jin bundan tashqari mamlakatimiz klublari ishtirokidagi 11ta uchrashuvda ham bosh hakam sifatida ishlagan.

Ushbu hakam, 2014 yilgi O'zbekiston Kubogi finalida “Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvini ham boshqargan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnasaf.uz