"Nasaf" 10 yildan so'ng yana ketma-ket uchta o'yinda mag'lub bo'ldi

Xayrulla Xoliqov
12 may 2018, 12:31
Kecha Qarshida bo'lib o'tgan turning markaziy uchrashuvida "Nasaf" "Paxtakor"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shunday qilib 10 yil deganda qarshiliklar yana qatorasiga uchta bahsda mag'lub bo'lishdi. Jamoa oxirgi marta 2008 yilgi milliy chempionatda ketma-ket uchta o'yinda yutqazgan va bu uchrashuvlar "Metallurg", "Mashal" va "Sho'rtan"ga qarshi kechgandi.

2007 yilgi oliy ligada esa "Nasaf" ikki bor qatorasiga uchtadan mag'lubiyatli seriya qayd etgan. Jamoa avvaliga 5-6-7-turlarda "Traktor", "Mashal", "Qizilqum"ga yutqazgan bo'lsa, keyinchalik 19-21 turlar oralig'ida "To'palang", "Paxtakor" hamda "Buxoro"dan mag'lubiyatga uchragan.

2007 yil
5-tur. "Traktor" - "Nasaf" 3:1
6-tur. "Nasaf" - "Mashal" 0:1
7-tur. "Qizilqum" - "Nasaf" 3:1

19-tur. "To'palang" - "Nasaf" 1:0
20-tur. "Nasaf" - "Paxtakor" 0:1
21-tur. "Buxoro" - "Nasaf" 1:0

2008 yil
26-tur. 
"Metallurg" - "Nasaf" 1:0
27-tur. "Nasaf" - "Mashal" 2:3
28-tur. "Sho'rtan" - "Nasaf" 3:2

2018 yil
9-tur. 
"Nasaf" - "So'g'diyona" 1:2
10-tur. "Bunyodkor" - "Nasaf" 2:1
11-tur. "Nasaf" - "Paxtakor" 2:3

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia