"Napoli" yozda Mertensni sotishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 fev 2019, 17:12
"Napoli"ning belgiyalik yarim himoyachisi Dris Mertens yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, neapolliklar futbolchiga ishonch bildirishmayapti va uni sotish haqida o'ylab qolishgan.

Oldinroq, Mertensga Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi qiziqayotgani e'lon qilingan edi. Ushbu jamoa futbolchi uchun yiliga 15 mln. evro to'lashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport