"Napoli" yana Veretuga da'vogarlik qiladi

8 mar 2020, 02:19
"Roma" yarim himoyachisi Jordan Veretu Rim klubini tark etishi mumkin.

"Corriere Dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "Napoli" rahbariyati mavsum oxirida 24 yoshli xavbek transferi borasida muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Neapolliklar o'tgan yilning yozida ham Veretu bilan shartnoma imzolashga uringan, ammo futbolchi "Fiorentina"dan "Roma" tarkibiga borib qo'shilgandi.

Ma'lumot uchun, Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 24 o'yinda maydonga tushgan Jordan 2 bor raqib darvozasini ishg'ol qilishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere Dello Sport