“Napoli” va “Yuventus” Tripper uchun kurashadi

25 iyun 2019, 08:20
London klubi himoyachisi grand klublar nishonida.

“Tottenxem” himoyachisi Kiran Tripper faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Kiranga ayni damda asosiy da'vogar sifatida ikki klub - “Napoli” hamda “Yuventus” ko'rsatilmoqda.

London klubi himoyachining transferidan 25 mln funt ishlab olishni ko'zlamoqda.

Neapolliklar Kiranga jamoani tark etishi kutilayotgan Alsaid Hyusayning o'rinbosari sifatida qaramoqda. Turinliklar esa Joau Kanselu o'rnida faqatgina Tripperni ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportsmole