"Napoli" ushbu yozda Insineni sotishi mumkin

Alisher
19 iyul 2021, 16:20
Vinger Lorenco Insine yozgi transfer oynasi yakunlanishiga "Napoli"ni tark etishi mumkin.

Tomonlar 2022 yilning yozida yakunlanadigan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olishmadi.

Neapolliklar o'yinchini tekinga yo'qotishdan qo'rqishmoqda, sabab ular yozdagi sotuvga tayyorlar. Klub uning transferidan 25-30 mln evro ishlab olmoqchi.

Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport