"Napoli" rahbari Ronaldu bilan shartnoma imzolay olmagani haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
14 may 2019, 23:15
Napoli prezidenti Aurelio De Laurentis Yuventusda ilk mavsumini o'tkazayotgan forvard Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

“Krishtianu Ronaldu – juda ham kuchli futbolchi. U jamoaga kelishi bilan Yuventus bosh murabbiyining o'rnini egalladi. Jamoa ustozi undan ko'proq ishni qila olganmi? Ronaldu turinliklarning haqiqiy motivaciya beradigan o'yinchisi va lideri hamdir. Uning terma jamoa zaxira o'rindig'idagi harakatlarini ko'rganman. U murabbiydan ko'ra, ko'proq baqirgandi. Krish jamoadoshlarini g'alabaga chorlagandi. Ronaldu bilan shartnoma imzolay olmaganimdan xafamanmi? Buning iloji yo'q edi. Menga doim o'z darajangdan ortig'ini bajarish kerakmasligiga uqtirishgan", -  deya qayd etgan neapolliklar rahbari.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport