"Napoli" o'yinchisida koronavirus aniqlandi

Alisher
5 may 2021, 13:02
"Napoli" himoyachisi Nikola Maksimovich koronavirusga musbat test topshirdi.

Bu haqda Neapol klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. 29 yoshli himoyachi - so'nggi test bosqichidan so'ng musbat natija ko'rsatgan ilk "Napoli" o'yinchisi.

Maksimovich joriy mavsum barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushdi, uning amaldagi shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

"Napoli" ayni damda A Seriya jadvalida 5-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sscnapoli.it