Napoli – Lacio. Rimliklar 1994 yildan buyon ilk bor 5 gol farqi bilan yutqazishdi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2015, 10:00
Napoli Italiya A seriyasining 4-turida Lacioni yirik hisobda taslim qildi (5:0).

Shu tariqa, rimliklar Italiya A seriyasida 1994 yil 17 aprelidan buyon ilk bor 5 to'p farqi bilan mag'lub bo'lishdi. O'shanda burgutlar Yuventusga Turinda 1:6 hisobida yutqazib qo'yishgandi.

Bu natija Napoli va Lacio o'rtasidagi o'yinlar uchun eng yirik hisob bo'ldi.

Napoli Italiya A seriyasida 2007 yildan buyon 5:0 hisobida yutmayotgan edi. O'shanda shu hisob bilan Udineze taslim qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru