"Napoli" Kvaratsxeliya transferi ustida ishlamoqda

Sherzod Nurmatov
5 apr 2022, 21:59
Neapol klubi "Dinamo" Batumining gruziyalik yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliyaning transferi ustida ishlashni boshladi.

Manbaga ko'ra, neapolliklar gruziyalik bilan besh yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu borada ular bilan "Roma" va "Sassuolo" raqobatlashadi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Xvicha Qozonning "Rubin" klubi bilan shartnomani bekor qilib, Batumining "Dinamo"si bilan ikki yillik kelishuv imzolagan edi.

Kvaratsxeliya joriy mavsumda “Rubin” uchun 22 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb