"Napoli" Koreya terma jamoasi futbolchisi uchun 20 mln evro taklif qildi

Alisher
16 iyul 2022, 10:31
Himoyachi Kim Min Je ushbu yozda "Fenerbaxche"dan ketishi mumkin.

Jurnalist Loik Tanzining xabariga ko'ra, "Napoli" Koreya terma jamoasi o'yinchisining transferi borasida taklif berdi.

Italyan klubi 20 mln evro to'lashga tayyor. To'lov ikkiga bo'lib to'lanadi.

25 yoshli koreyalikka "Renn" ham befarq emas, shu sabab o'yinchi qaror qabul qilishi kerak.

Min Je o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Tanziloic